Warda Group — Hududiy menejer (Area Manager) vakansiyasi
Kompaniya haqida:
Warda ayollar kiyim do'koni
Vazifalar:
-
Rahbariyat belgilagan savdo va yalpi foyda rejalarini bajarish va oshirib bajarish
-
Do’kon menejerlariga savdo va rejalarni bajarishda yo’l-yo’riq berish (coaching)
-
Har bir mijozga a’lo darajada xizmat ko’rsatilishini ta’minlash
-
Do’konlarga tashrif buyurib hisobot tayyorlash, kamchiliklarni aniqlab choralar ko’rish, P&L hisobotlarini tahlil qilish
-
Do’konlardagi barcha jarayonlarni nazorat qilish va kompaniya standartlariga mosligini ta’minlash
-
Xodimlar soni va ishga olish ajratilgan byudjetga mos bo’lishini nazorat qilish
-
Jamoani savdoni oshirish va samaradorlik uchun rag’batlantirish
-
Tovar yetkazib berish va uning muddatlarini nazorat qilish
-
Do’konlardagi ta’mirlash, texnika, jihoz va mebel ehtiyojlarini aniqlash
-
Bozor va raqobatchilarni o’rganib, yangi imkoniyat va trendlarni topish
-
Barcha do’konlarda vitrina va joylashuv standartlarga mos bo’lishini ta’minlash
-
Do’kon xarajatlarini tahlil qilish, kamaytirish va xarajat rejalarini belgilash
-
Qaytarilgan tovarlar va pul qaytarishlarni nazorat qilish
-
Har bir do’kon uchun choraklik reja tuzish, natijasini baholash va nazorat qilish
Talablar:
-
Kiyim-kechak chakana savdosida kamida 2 yil Area Manager yoki do’kon menejeri tajribasi
-
MS Office va 1C bilan erkin ishlash
-
Kuchli boshqaruv va yetakchilik qobiliyati
-
O’zbek va rus tillarini bilish (ingliz yoki turk tili afzallik)
-
Oliy ma’lumot (menejment yoki moliya yo’nalishi afzal)
Biz taklif qilamiz:
-
Iliq korporativ muhit
-
Munosib maosh va savdo rejasi bo’yicha bonuslar
-
Kuchli professional jamoa
-
Treninglar va rivojlanish imkoniyati
-
Martaba o’sishi
-
Korporativ tadbirlar va savdo musobaqalari
-
Kompaniya mahsulotlariga chegirma
-
Ish tartibi: 6/1
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani
Ключевые навыки
- Активные продажи
- Управление затратами
- Управление подрядчиками