AIFU universiteti, Toshkent filiali — xalqaro akademik standartlar asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasi.
📍 Ish joyi: Toshkent shahri, Olmazor tumani
Universitetimiz jamoasiga turizm va mehmondo’stlik sohasida chuqur bilim va amaliy tajribaga ega, zamonaviy ta’lim metodlarini qo’llay oladigan va rus tilida dars o’ta oladigan malakali o’qituvchini taklif etamiz.
📚 Asosiy vazifalar
- Turizm, mehmondo’stlik va xizmat ko’rsatish sohasi fanlaridan yuqori saviyada dars o’tish
- Darslarni rus tilida olib borish
- O’quv dasturi (syllabus) va metodik materiallarni ishlab chiqish (o’zbek va rus tillarida)
- Talabalarda turizm menejmenti, marketing, ekskursiya xizmati va mijozlar bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish
- Turizm korxonalari, mehmonxonalar va sayyohlik agentliklari bilan hamkorlikda amaliy mashg’ulotlar va o’quv amaliyotlarini tashkil etish
- Zamonaviy pedagogik va interaktiv metodlardan (keys-stadi, loyiha ishlari, rolli o’yinlar) foydalanish
- Talabalar bilimini baholash va monitoring qilish
- Ilmiy-uslubiy faoliyatda ishtirok etish
- Zaruratga ko’ra darslarni ingliz tilida olib borish
🎯 Talablar
- Turizm, Mehmondo’stlik, Xizmat ko’rsatish, Iqtisodiyot, Menejment yoki turdosh yo’nalishlarda oliy ma’lumot
- Magistr darajasi (majburiy)
- Rus tilini erkin bilish va rus tilida dars o’ta olish (majburiy)
- Oliy ta’lim muassasasida pedagogik tajriba
- Turizm sohasida amaliy ish tajribasi ustunlik beradi
- Zamonaviy o’qitish metodlari va texnologiyalarini bilish
- Kuchli kommunikatsiya va taqdimot ko’nikmalari
- Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va professional yondashuv
- Ingliz tilini bilish va xalqaro sertifikatlar mavjudligi ustunlik beradi
💎 Sharoitlar
💰 Ish haqi: 6 700 000 so’mdan 20 000 000 so’mgacha (malaka va o’quv yuklamasiga qarab)
➕ Universitet tomonidan 20% qo’shimcha ustama
➕ Xorijiy tilda dars berish va xalqaro til sertifikatiga ega bo’lgan nomzodlar uchun 30% qo’shimcha ustama
- Zamonaviy akademik muhit
- Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati
- Barqaror va uzoq muddatli hamkorlik
Asosiy ko’nikmalar:
- Rus tili — C1 - Kengaytirilgan
- O’zbek tili — C1 - Kengaytirilgan
- Ingliz tili — B2 - O’rta-ilg’or
Qayerda ishlash kerak: Toshkent, Olmazor tumani, Qorasaroy ko’chasi, 341A
Ключевые навыки
- Русский — C1 — Продвинутый
- Узбекский — C1 — Продвинутый
- Английский — B2 — Средне-продвинутый