QA Engineer

Уровень дохода не указан

Опыт работы: 1–3 года

Полная занятость

График: 6/1

Рабочие часы: 8

Формат работы: на месте работодателя

Напишите телефон, чтобы работодатель мог связаться с вами
Нажимая «Продолжить», вы подтверждаете, что ознакомлены, полностью согласны и принимаете условия «соглашения»

BTS Express IT jamoasiga QA Engineer izlayapmiz.

Biz logistika jarayonlarini raqamlashtiruvchi ERP tizimi ustida ishlaymiz. Mahsulotimiz web-platforma, Android/iOS mobil ilovalari va tashqi tizimlar bilan REST API integratsiyalarini o‘z ichiga oladi.

Bizga mahsulot sifatiga mas’uliyat bilan yondashadigan, vazifani tahlil qilishdan boshlab release'gacha bo‘lgan test jarayonini mustaqil olib bora oladigan QA mutaxassisi kerak.

Vazifalar:

  • Web va mobil ilovalarni to‘liq test qilish: vazifani qabul qilishdan release'gacha;
  • talablarni tahlil qilish, backlog grooming va planning jarayonlarida ishtirok etish hamda test uchun vaqtni baholash;
  • yangi feature'lar uchun test strategiyasi va test qamrovini belgilash;
  • test case, checklist va regression to‘plamlarini ishlab chiqish va ularning dolzarbligini ta’minlash;
  • functional, regression va smoke testlarni o‘tkazish;
  • release oldidan va release'dan keyingi tekshiruvlarni amalga oshirish;
  • REST API'larni Postman orqali test qilish, collection, environment va avtomatik tekshiruvlar bilan ishlash;
  • to‘lov tizimlari, SMS, webhook va boshqa tashqi integratsiyalarni test qilish;
  • test ma’lumotlarini tayyorlash va natijalarni SQL orqali ma’lumotlar bazasida tekshirish;
  • xatoliklarni aniqlash va lokalizatsiya qilish: frontend, API yoki ma’lumotlar darajasida;
  • aniqlangan xatoliklarni qayd etish va ularning tuzatilishini nazorat qilish;
  • test jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va junior QA mutaxassislariga yordam berish.

Biz uchun muhim:

  • Manual QA yo‘nalishida kamida 2 yil tijoriy tajriba;
  • test nazariyasi, test turlari va test dizayn texnikalarini amalda qo‘llay olish;
  • equivalence partitioning, boundary value analysis, decision table va state transition kabi test dizayn usullarini tushunish;
  • bug life cycle, severity va priority tushunchalarini yaxshi bilish;
  • test plan, test case va checklist'larni mustaqil tuza olish;
  • HTTP va REST bilan yaxshi ishlash: methods, status codes, headers, authentication, JSON;
  • Postman: collections, environments, variables, pre-request va test scripts;
  • SQL: JOIN, aggregation va subquery'lardan foydalanib ma’lumotlarni tekshirish va tayyorlash;
  • Browser DevTools bilan erkin ishlash: Network, Console, Application;
  • Android/iOS ilovalarini real qurilmalar va emulyatorlarda test qilish tajribasi;
  • Charles, Proxyman yoki boshqa proxy/sniffer vositalari bilan ishlash;
  • Jira, YouTrack yoki shunga o‘xshash task management tizimlari bilan ishlash;
  • Agile/Scrum jamoasida ishlash tajribasi.

Afzallik bo‘ladi:

  • Playwright, Cypress, Selenium yoki boshqa vositalarda test avtomatlashtirish tajribasi;
  • Newman orqali API testlarini CI/CD pipeline'da ishga tushirish tajribasi;
  • Git bilan ishlash;
  • JMeter yoki k6 orqali performance testing tajribasi;
  • Linux va Docker asoslarini bilish, server loglarini o‘qiy olish;
  • logistika, ERP yoki to‘lov tizimlarini test qilish tajribasi.

Biz taklif qilamiz:

  • BTS Express IT jamoasida yirik logistika mahsuloti ustida ishlash;
  • grafik: 6/1, 09:00–18:00, shanba kuni 15:00 gacha;
  • barqaror ish haqi va natijalarga asoslangan bonuslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
  • kompaniya hisobidan tushlik;
  • professional rivojlanish va yangi texnologiyalarni o‘rganish imkoniyati;
  • real biznes jarayonlariga ta’sir qiladigan IT mahsulotlarini rivojlantirishda ishtirok etish;
  • korporativ tadbirlar va team building'lar.

Murakkab tizimlarni test qilishni, muammoning sababini topishni va mahsulot sifatiga real ta’sir ko‘rsatishni yoqtirsangiz BTS Express jamoasiga qo‘shiling.

Контакты

Задайте вопрос работодателю

Он получит его с откликом на вакансию

Где предстоит работать

Ташкент, Яккасарайский район, Малая кольцевая дорога, 22
Вакансия опубликована 24 сентября 2026 в Ташкенте