“Raqamli statistika markazi - DIGITSTAT” MCHJ jamoaga Direktor o'rinbosari taklif etadi!
Milliy statistika qo'mitasi huzuridagi “Raqamli statistika markazi - DIGITSTAT” MCHJ — statistika sohasini raqamlashtirish yo'nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotning strategik rivojlanishiga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan, energiyali, chuqur tahliliy va texnik bilimlarga ega rahbarni Direktor o'rinbosari lavozimiga taklif etadi.
Lavozim majburiyatlari:
- Milliy statistika tizimini raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish; AI va Big Data asosidagi murakkab yechimlarni joriy etishni ta'minlash.
- my.stat.uz va geofazoviy portal faoliyatini tashkil etish, raqamli xizmatlar ulushini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini nazorat qilish.
- "Survey as a Service" modeli va autsorsing asosida statistik kuzatuvlar, ijtimoiy va marketing tadqiqotlar, elektron so'rovnomalar o'tkazish xizmatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish jarayonlarini boshqarish.
- Statistik va idoraviy registrlarni yaratish, integratsiya qilish va takomillashtirishni qonunchilik va xalqaro standartlar doirasida ta'minlash.
- Tadqiqotchilar va boshqa foydalanuvchilar uchun anonimlashtirilgan mikroma'lumotlarni raqamli taqdim etish tizimini joriy etish va nazorat qilish.
- Yuridik va jismoniy shaxslar bilan statistik, konsalting, tahliliy, axborot va nashriyot xizmatlarini shartnoma asosida rivojlantirish, B2B/B2G yo'nalishida yangi mijozlarni jalb etish loyihalariga boshchilik qilish.
Malakaviy talablar:
- Axborot texnologiyalari, axborot tizimlari, data science, amaliy matematika yoki iqtisodiyot sohasida oliy ma'lumot (Magistratura darajasiga yoki xalqaro IT/Boshqaruv sertifikatlariga ega nomzodlarga afzallik beriladi);
- Raqamlashtirish, axborot tizimlari, ma'lumotlarni boshqarish (Data Governance), raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish sohasida kamida 5 yillik umumiy ish staji;
- IT-loyihalar, raqamli mahsulotlar ishlab chiqish jamoalari yoki tegishli tarkibiy bo'linmalarni boshqarish bo'yicha kamida 3 yillik amaliy rahbarlik tajribasi (Team Lead, Project/Product/Data Manager yoki bo'lim boshlig'i sifatida loyiha byudjeti, arxitekturasi va texnik jamoani boshqara olish);
- To'liq sikldagi loyihalarni boshqarish tajribasi (SDLC): konsepsiya va arxitekturani ishlab chiqish, texnik topshiriq tuzish, testlash, ishga tushirish (CI/CD) va qo'llab-quvvatlash;
- Tillar: O'zbek, rus va ingliz tillarini erkin va mukammal bilish (texnik hujjatlar bilan ishlash, xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib borish darajasida).
Hard Skills (Kasbiy va texnik ko'nikmalar):
- Sun'iy intellekt (AI) va Modellash: AI hamda Machine Learning (ML) modellari turlarini (bashoratli modellar, NLP, LLM va neyron tarmoqlari) chuqur tushunish va ularni davlat statistikasi hamda tahlilida qo'llash bo'yicha vizyonga ega bo'lish.
- Data Engineering va Pipelinelar: Ma'lumotlar oqimini boshqarish (Data Pipelines) va ETL/ELT jarayonlari arxitekturasini (masalan, Apache Airflow, Kafka va h.k.) tushunish. Turli xil ma'lumotlar turlari (strukturaviy, yarim strukturaviy, noaniq strukturaviy va geofazoviy/GIS ma'lumotlar) bilan ishlash tamoyillarini bilish.
- Infratuzilma va Server arxitekturasi: Mahalliy (On-Premise) va bulutli (Cloud) server infratuzilmalari bilan ishlash asoslari, yuklanishlarni taqsimlash (Load balancing), Linux muhiti, shuningdek, konteynerizatsiya va orkestratsiya (Docker, Kubernetes) texnologiyalari haqida amaliy yoki nazariy tushunchaga ega bo'lish.
- Ma'lumotlar bazasi va BI: Big Data arxitekturasi, Data Warehouse (DWH), BI (Business Intelligence) vositalari hamda ma'lumotlar bazalarini (PostgreSQL, Oracle va h.k.) boshqarish prinsiplari.
- Integratsiya va arxitektura: API-integratsiyalar, mikroservis arxitekturasi va davlat axborot tizimlari o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi mexanizmlari.
- Loyiha boshqaruvi: Agile, Scrum yoki Kanban metodologiyalarida ishlash tajribasi.
- Xavfsizlik: Kiberxavfsizlik asoslari va ma'lumotlarni himoya qilish standartlari.
Soft Skills (Shaxsiy ko'nikmalar):
- Strategik fikrlash: Katta hajmdagi ma'lumotlar va murakkab tizimlar doirasida uzoq muddatli maqsadlarni ko'ra bilish va tizimli rejalashtirish.
- Liderlik va jamoa shakllantirish: Xodimlarni ruhlantirish, mentorlik qilish va kross-funksional (Dasturchilar, Data muhandislar, Analitiklar) jamoalarni samarali boshqarish qobiliyati.
- Muzokara olib borish: Davlat organlari (G2G), xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor (B2B) vakillari bilan ishonchli muloqot o'rnata olish.
- Muammolarni hal qilish (Problem solving): Kritik vaziyatlarda texnik va boshqaruvga oid tezkor qarorlar qabul qilish, stressga chidamlilik va moslashuvchanlik.
Biz taklif etamiz (Afzalliklar):
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Davlat boshqaruv tizimida shaxsiy va kasbiy rivojlanish, xalqaro tajribalarni o'rganish imkoniyati;
- Yuqori malakali mutaxassislar bilan ishlash va muhim milliy/xalqaro miqyosdagi davlat loyihalarida bevosita ishtirok etish;
- Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan, KPI ga asoslangan raqobatbardosh ish haqi;
- Ish jadvali: 5/2, to'liq ish kuni;
- Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar;
- Zamonaviy va qulay ish joyi, ahil va innovatsion jamoa;
- Tashkilot hisobidan malaka oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarida qatnashish.
Ключевые навыки
- Big Data
- API
- bi
- Agile
- Scrum
- ML
- AI
- B2B Продажи
Задайте вопрос работодателю
Он получит его с откликом на вакансию
Где предстоит работать
Ташкент, Мирзо-Улугбекский район
Вакансия опубликована 9 сентября 2026 в Ташкенте