Korporativ huquqiy taʼminlash va metodologiya boshqarmasi bosh yuriskonsulti

Уровень дохода не указан

Опыт работы: 1–3 года

Полная занятость
Оформление: Трудовой договор

График: 5/2

Рабочие часы: 8

Формат работы: на месте работодателя

Напишите телефон, чтобы работодатель мог связаться с вами
Нажимая «Продолжить», вы подтверждаете, что ознакомлены, полностью согласны и принимаете условия «соглашения»
Сильная команда —
высокие результаты!
Мы предлагаем
Возможности
для роста.
Дружный
коллектив.
Инновации и технологии.
Ценности
и миссия.
Достойная
оплата труда

Vazifalar:

  • Boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni lozim darajada va samarali bajarish;
  • bankning qabul qilinayotgan korporativ qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari loyihalari qonunchilikka va ichki qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilishini taʼminlash, ishlarini yuritish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlar loyihalarini vizalash;
  • boshqarma vakolati doirasida bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash;
  • bankning taʼsis hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etish va o‘rnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishida koʻmaklashish;
  • Markaziy bankdan kelgan normativ-huquqiy hujjatlarni, qonunchilik hujjatlarini oʻrganish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarni tashkil qilib borish, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamining saqlanishini taʼminlash, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali barcha tarkibiy tuzilmalar va hududiy boʻlinmalarga yetkazish;
  • ishlab chiqilayotgan ichki qoidalar va bankning tarkibiy boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ko‘rib chiqish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha ishlarni tashkil qilish va mazkur hujjatlarni tasdiqlash bilan bog‘liq Boshqaruv qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish va vizalash;
  • ishlab chiqilayotgan ichki qoidalar loyihalarini qonunchilikka va ichki qoidalarga muvofiqligini koʻrib chiqish;
  • ichki qoidalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularning qogʻoz va elektron shakldagi hisobini yuritish, saqlanishini va nazorat holatida boʻlishini taʼminlash ishlarini tashkil qilish;
  • amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan bankka kelib tushgan hujjatlarni tarkibiy boʻlinmalarga yetkazish;
  • tarkibiy boʻlinmalar tomonidan bankning ichki qoidalar va amaldagi qonunchilik hujjatlarini yuzasidan oʻtkazilayotgan oʻquv seminarlar hisobini va nazoratini olib borish;
  • mehnat nunosabatlariga oid hujjatlar, jumladan buyruqlar bilan ishlash, buyruqlarni qo‘rib chiqish va qonunchilikka mosligini ta’minlash;
  • departament direktori, boshqarma boshligʻi va uning o‘rinbosari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;
  • boshqarma ish faoliyati yuzasidan tuziladigan ish rejalar kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan takliflar berish.

Talablar:

  • Oliy yuridik ma’lumot;
  • MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida mukammal darajada ishlay olishi;
  • Korporativ huquqini yaxshi bilishi, metodologik ko‘nikmkalarga ega bo‘lishi (jumladan ichki me’yoriy hujjatlar loyihalari bilan ishlash, qarorlar, farmoyishlarni tayyorlash);
  • bevosita yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida 3 (uch) yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • O‘zbek tilini yaxshi bilishi;
  • Rus va Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.

Ish sharoiti:

  • To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
  • Ish joyi bosh bankning markaziy idorasi, Toshkent shahri;
  • Munosib ish haqi.

Задайте вопрос работодателю

Он получит его с откликом на вакансию

Где предстоит работать

Ташкент
Вакансия опубликована 2 июля 2026 в Ташкенте