Biz shunchaki ishchi emas — bolalarning hayotiga ijobiy ta’sir qoldira oladigan,
ularning ichki dunyosini tushunib, kelajagini sog‘lom qurishga yordam beradigan mutaxassis izlayapmiz.
Mudarris Xalqaro Maktabi — zamonaviy ta’lim, sog‘lom muhit va yuqori qadriyatlar asosida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasasi bo‘lib, biz har bir o‘quvchining nafaqat bilimini, balki ruhiy holatini ham rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz.
Agar siz kasbingizni chin yurakdan sevuvchi, bolalar bilan ishlashdan zavq oladigan va haqiqiy natija ko‘rishni istaydigan psixolog bo‘lsangiz — biz aynan sizni izlayapmiz.
Sizning asosiy vazifalaringiz:
• O‘quvchilarning psixologik holatini baholash va kuzatib borish
• Individual va guruhiy maslahatlar o‘tkazish
• Stress, moslashuv muammolari, xulqiy holatlar bilan ishlash
• Iqtidorli va ehtiyojga ega bolalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash
• Ota-onalar bilan maslahatlar va seminarlar tashkil qilish
• O‘qituvchilar bilan hamkorlikda sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirish
• Psixologik profilaktika dasturlarini ishlab chiqish
Biz qanday mutaxassisni qidirmoqdamiz:
- Psixologiya bo‘yicha oliy ma’lumot
- Maktab yoki bolalar bilan ishlash tajribasi (kamida 2 yil bo'lsa yaxshi)
- Empatiya va kuchli muloqot ko‘nikmalari
- Professional etika va mas’uliyat
- Doimiy rivojlanishga intilish
- Muammolarni tizimli hal qila olish
Sizga nimalarni taklif qilamiz:
- Barqaror va o‘sib borayotgan ta’lim muassasasi
- Raqobatbardosh oylik maosh (tajribaga qarab kelishiladi)
- Professional trening va rivojlanish imkoniyatlari
- Hurmat qilinadigan muhit va kuchli jamoa
- Psixolog sifatida real natija ko‘rish imkoniyati
- Uzoq muddatli hamkorlik
Ключевые навыки
- Детская психология
- Деловое общение
- Социальная психология
- Психология Личности
- Групповое обучение
- Общая психология
- Проведение семинаров
- Деловая коммуникация
- Проведение презентаций
- Тренинги
- Возрастная психология
- Точность и внимательность к деталям
- Психологическое консультирование
- Практическая психология
- Психокоррекционная работа
- Узбекский — C2 — В совершенстве