Onlayn kurslar sotuv menejeri (ExamHub Uzbekistan)
Keginchalik РОП bo'lish imkoniyati, rus tilini bilish kerak! Faqat issiq lead'lar bilan ishlanadi.
📍 Ish formati: masofadan (onlayn)
💸 Maosh: oyiga 6 000 000 – 15 000 000 so‘m (fiks + %)
🕓 Ish vaqti: moslashuvchan, haftasiga ~48 soat
💼 Kompaniya haqida
ExamHub — bu butun dunyo bo'yicha abituriyentlarni kirish imtihonlariga tayyorlaydigan online platforma. Endi biz O'zbekistonda ham ishimizni boshlayabmiz va barcha fan bo'yicha (matematika, ingliz tili, o'zbek tili, tarix, fizika, kimyo va biologiyadan) abituriyentlarni DTMga va Milliy Sertifikatga ONLINE platformamiz yordamida tayyorlaymiz!
Hozir biz faol, maqsadi bor va muloqotga ochiq sotuv menejeri izlayapmiz — u o‘quvchilarga to‘g‘ri kursni tanlashga yordam beradi va ularni ExamHub jamoasiga olib kiradi.
⚙️ Vazifalar:
-
Onlayn kurslarni messengerlar va qo‘ng‘iroqlar orqali sotish (kiruvchi va chiquvchi — “issiq” va “sovuq” lidlar).
-
CRM tizimida ishlash, har bir mijoz bilan yozishmalarni qayd etish.
-
Potensial o‘quvchilar va ota-onalarning savollariga javob berish.
-
Mijozning ehtiyojini aniqlash va rad etib bo'lmaydigan taklif qilish.
-
E’tirozlarni yopish va mijozni xaridgacha yetkazish.
🧩 Talablar:
-
Sotuv sohasida tajriba (afzal: ta’lim, onlayn kurslar yoki EdTech yo‘nalishida).
-
To'g'ri va savodli muloqot qila olish — yozma va og‘zaki shaklda.
-
O‘zbek va rus tillarini bilish (ikki tillni bilish — afzal).
-
Diqqat bilan tinglash, to‘g‘ri savol berish va mijozni ishontirish qobiliyati.
-
Intizom, mas’uliyat va jamoada ishlash ko‘nikmasi.
-
CRM tizimida ishlashni bilish yoki tez o‘rganish istagi.
💰 Imkoniyatlar:
-
Fiks maosh: oyiga 8 000 000 – 20 000 000 so‘m (tajribaga qarab).
-
Bonus qismi: sotuvdan 5% – 10% (chegarasiz).
Faol menejerlar o‘rtacha 10 – 15 mln so‘m daromad olishadi.
-
Qo‘shimcha bonuslar: reja bajarilishi, ijodiy yondashuv, sifatli muloqot uchun mukofotlar.
-
Karyera o‘sishi: katta menejer, jamoa yetakchisi yoki bo‘lim rahbari (РОП).
-
Kompaniya hisobidan o‘qitish: mahsulot va sotuv texnikalari bo‘yicha treninglar.
-
Yosh va dinamik jamoada ishlash, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash.
💬 ExamHub — natijaga yo‘naltirilgan ta’lim loyihasi.
Endi bizga natijaga yo‘naltirilgan sotuv menejeri kerak.
Ключевые навыки
- Теплые продажи
- Планирование продаж
- Работа с CRM
- Выявление потребностей
- Разработка скриптов продаж
- Деловая переписка
- Телефонные переговоры
- Развитие продаж
- Навыки переговоров
- Управление продажами
- Стратегия продаж
- Консультативные продажи
- Холодные продажи