Robosell — bu tadbirkorlarga o‘z biznesini bir kunda onlayn tarzda yo‘lga qo‘yishga va rivojlantirishga yordam beradigan innovatsion platformadir. Biz bozorni o‘zgartiramiz, biznes boshqaruvini oddiy va qulay qilamiz. Hozirda biz Robosell’ning ovoziga aylanadigan, mijozlarimizning muvaffaqiyati va uzoq muddatli hamkorligini ta’minlaydigan Mijozlar bilan ishlash va Texnik Qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Menejer izlamoqdamiz.
Nima uchun Robosell’ni tanlash kerak?
-
Innovatsion mahsulot: Robosell — bu tadbirkorlarga haqiqatan ham kerak bo‘lgan yechim. Siz mijozlar biznesi o‘sishiga yordam beradigan mahsulotdan maksimal darajada samarali foydalanishiga ko‘maklashasiz.
-
Natijalar birinchi o‘rinda: Biz mijozlarni ushlab qolishga qo‘shilgan hissani qadrlaymiz va samaradorligingiz uchun munosib rag‘batlantirishga tayyormiz.
-
Ishtiyoqli jamoa: Biz bilan ishlash — bu yuqori maqsadlarga erishishga qaratilgan professionalar muhitida bo‘lish demakdir.
Sizdan nimalarni kutamiz?
Tajriba:
-
Texnik qo‘llab-quvvatlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yoki akkaunt-menejer lavozimida kamida 1 yillik tajriba.
-
SaaS yoki IT-mahsulotlar bilan ishlash tajribasi — katta ustunlik bo‘ladi.
Ko‘nikmalar:
-
Texnik muammolarni tezkor aniqlash (troubleshooting) qobiliyati.
-
Samaraali muloqot ko‘nikmalari va salbiy kayfiyatni sodoqlikka aylantirish qobiliyati.
-
Murakkab so‘rovlar bilan ishlashda yuqori darajada empatiya va sabr.
-
Yangi mahsulotni tez o‘zlashtirish va murakkab narsalarni oddiy tilda tushuntirish qobiliyati.
Maqsadga intilish:
-
Biz mijozlarning yuqori darajadagi qanoatlanishiga (CSAT) erishishga va ushlab qolish rejalarini bajarishga intiluvchilarni qidirmoqdamiz.
Sizning vazifalaringiz:
Texnik Qo‘llab-quvvatlash (Support):
-
Foydalanuvchilarning texnik muammolarini tez va malakali hal qilish (chat, elektron pochta, telefon).
-
Murakkab kamchiliklarni (buglarni) qayd etish va dasturchilar jamoasiga yetkazish (eskaliatsiya).
Mijozlar bilan ishlash (Customer Success):
-
Yangi mijozlarni onboarding qilish va platformani ishga tushirishda yordam berish.
-
Mahsulot bo‘yicha maslahatlar berish va optimal yechimni tanlashda ko‘maklashish.
-
Ularning faolligini oshirish va ushlab qolish maqsadida mijozlarga hamrohlik qilish.
KPI’ga erishish:
-
Mijozlarni ushlab qolish (Retention Rate) rejalarini bajarish.
-
Qanoatlanish darajasini (CSAT/NPS) yuqori saqlash.
CRM’ni yuritish:
-
Mijozlar va bitimlar haqidagi barcha ma’lumotlarni CRM’ga kiritish.
-
Savdo voronkasini boshqarish.
Biz taklif qilamiz:
-
Natija = daromad:
-
Fiksatsiyalangan qism: 400 dan 700 USD gacha.
-
Ushlab qolish va qo‘llab-quvvatlash sifati bo‘yicha rejalarni bajarganlik uchun bonuslar.
-
-
Qiziqarli mahsulot: Siz mijozlarga ularga kerak bo‘lgan yechimning salohiyatini to‘liq ochishga yordam berasiz.
-
Ta’lim va rivojlanish: Mahsulot bo‘yicha va soft skillsga oid treninglar va o‘quv mashg‘ulotlari, mijozlar servisining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
-
Qulay sharoitlar: Zamonaviy ofis va ahil jamoa.
-
Ish grafigi 9:00 dan 18:00 gacha
Muhim. Arizalar 30 Noyabrgacha qabul qilinadi.