НИИ RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

НИИ RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

Научно-исследовательский институт развития цифровых технологий и искусственного интеллекта

Научно-исследовательский институт развития цифровых технологий и искусственного интеллекта — научно-исследовательская организация Республики Узбекистан, осуществляющая фундаментальные и прикладные исследования, разработку и внедрение современных решений в области искусственного интеллекта, цифровых технологий и интеллектуальных информационных систем.

Миссия Института заключается в развитии передовых цифровых технологий и искусственного интеллекта, создании научно-технологических решений, способствующих цифровой трансформации экономики, государственного управления и социальной сферы, а также повышению качества жизни и благосостояния общества.

Одним из ключевых направлений деятельности Института является проведение научных исследований и преобразование их результатов в практически применимые технологии и программные продукты. Специалисты Института разрабатывают математические модели, алгоритмы искусственного интеллекта, системы анализа данных, интеллектуальные программные комплексы и другие цифровые решения, предназначенные для автоматизации, оптимизации и повышения эффективности различных процессов.

Научно-исследовательская деятельность Института охватывает широкий спектр современных технологических направлений, включая машинное обучение и искусственный интеллект, анализ больших массивов данных, компьютерное зрение, обработку естественного языка, биометрические системы, интеллектуальные программные системы, робототехнику, облачные вычисления, Интернет вещей (IoT), моделирование сложных систем, а также технологии виртуальной и дополненной реальности.

Особое внимание уделяется практическому применению результатов исследований. Институт участвует в разработке и внедрении программных продуктов и интеллектуальных информационных систем для государственных органов, организаций и предприятий различных отраслей. Разрабатываемые решения направлены на цифровизацию и автоматизацию управленческих и производственных процессов, интеллектуальную обработку данных, прогнозирование, поддержку принятия решений и повышение эффективности деятельности организаций.

Институт объединяет научную и инженерную экспертизу, обеспечивая полный цикл создания технологических решений — от проведения исследований, разработки концепций, математических моделей и алгоритмов до создания программного обеспечения, экспериментального тестирования и внедрения готовых цифровых продуктов.

Важным направлением работы является содействие реализации стратегических задач цифрового развития Республики Узбекистан. Институт участвует в формировании научно-технологической базы для широкого внедрения искусственного интеллекта и современных цифровых технологий в экономику, государственное управление и социальную сферу.

Институт также развивает научную экосистему в области искусственного интеллекта и цифровых технологий, поддерживает научно-исследовательские и инновационные инициативы, способствует развитию профессиональных компетенций специалистов и исследователей и созданию условий для практической реализации перспективных научных разработок.

Значительное внимание уделяется международному научно-технологическому сотрудничеству. Институт взаимодействует с зарубежными научно-исследовательскими центрами, университетами, технологическими компаниями и международными организациями, участвует в совместных исследованиях, проектах, научных конференциях, семинарах и программах обмена опытом.

Сотрудничая с государственными организациями, научными учреждениями, образовательными организациями и бизнесом, Институт способствует внедрению передовых технологий в реальные процессы и формированию современной цифровой экосистемы страны.

Таким образом, Научно-исследовательский институт развития цифровых технологий и искусственного интеллекта выступает связующим звеном между наукой, технологиями и практическим внедрением инноваций, создавая интеллектуальные цифровые решения и формируя научно-технологическую основу для дальнейшего развития искусственного интеллекта и цифровой экономики Республики Узбекистан.

Официальный сайт: airi.uz

 

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti — O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va intellektual axborot tizimlari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi, zamonaviy texnologik yechimlarni ishlab chiquvchi va amaliyotga joriy etuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotidir.

Institutning missiyasi — ilg‘or raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohaning raqamli transformatsiyasiga xizmat qiluvchi ilmiy-texnologik yechimlarni yaratish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar orqali jamiyat farovonligi va hayot sifatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarga aylantirishdir. Institut mutaxassislari matematik modellar, sun’iy intellekt algoritmlari, ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlari, intellektual dasturiy komplekslar hamda turli jarayonlarni avtomatlashtirish, optimallashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamli yechimlarni ishlab chiqadilar.

Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy texnologiyalarning keng doirasini qamrab oladi. Jumladan, mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, kompyuter ko‘rishi, tabiiy tilni qayta ishlash, biometrik tizimlar, intellektual dasturiy tizimlar, robototexnika, bulutli hisoblash texnologiyalari, buyumlar interneti (IoT), murakkab tizimlarni modellashtirish, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalar olib boriladi.

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish Institut faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Institut davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalar uchun dasturiy mahsulotlar hamda intellektual axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi. Ushbu yechimlar boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, prognozlash, qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Institut ilmiy va muhandislik salohiyatini birlashtirgan holda texnologik yechimlarni yaratishning to‘liq siklini amalga oshiradi — ilmiy tadqiqot va konsepsiyalarni ishlab chiqishdan boshlab, matematik modellar va algoritmlarni yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish hamda tayyor raqamli mahsulotlarni amaliyotga joriy etishgacha.

Institut faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining raqamli rivojlanish bo‘yicha strategik vazifalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Institut sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohaga keng joriy etish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnologik bazani shakllantirishda ishtirok etadi.

Shuningdek, Institut sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi ilmiy ekotizimni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mutaxassis va tadqiqotchilarning professional salohiyatini oshirish hamda istiqbolli ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi.

Institut faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan yana biri — xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish. Institut xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalari, texnologik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshiradi, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va tajriba almashish dasturlarida ishtirok etadi.

Davlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ta’lim tashkilotlari va biznes vakillari bilan hamkorlik qilish orqali Institut ilg‘or texnologiyalarni real jarayonlarga tatbiq etish va mamlakatning zamonaviy raqamli ekotizimini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Shu tariqa, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishni o‘zaro bog‘lovchi ilmiy-texnologik markaz sifatida faoliyat yuritib, O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zamonaviy intellektual yechimlar hamda ilmiy-texnologik asoslarni yaratishga xizmat qiladi.

Rasmiy veb-sayt: airi.uz

Ташкент
Город
Образовательные учреждения
Сферы деятельности
Организация
Тип регистрации