"“NATIONAL ART OF UZBEKIA” jamoasi aʼzolari 2014-yildan beri biznesning turli yoʻnalishlarida faoliyat olib borishmoqda.
Biz birinchilardan boʻlib bundan 10 yil oldin "tengdosh-tengdoshga" degan gʻoyani Oʻzbek biznes bozoriga olib kirganmiz.
Bugungi kunda kompaniyamiz milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish, ko'plab mamlakatlarga eksport qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash, kitoblar va ma'lumotlar tarjimasi, boshqaruv faoliyatidagi kurslar tashkil etish, internet va pochta orqali chakana savdo, sug'urtalash va ovqatlanishni tashkil etishdagi hizmatlarni ko'rsatish, milliy yo'nalishlardagi media loyihalarni amalga oshirish, tanlov-tenderlar uchun hujjatlar tayyorlash faoliyatlari bilan shugʻullanadi.
Kompaniya 9ta loyihaga birlashadi. Jumladan uzbekia, uzteatr, uzbekia.ta'lim, uzsalateriya, uzbekia.media, uzbekia_books.
Jamoamiz aʼzolari nufuzli tanlovlarda birinchiliklarni qoʻlga kiritgan. Jamiyat ta'sischisi va direktori hamda mutaxassislarimiz oʻz yoʻnalishlarida dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishgan.
Kompaniyaning Istanbul, Izmir, Antalya, Bursa (Turkiya), Berlin (Germaniya), Nyu-York (AQSH), Moskva, Samara (Rossiya Federatsiyasi)da kichik milliy internet online doʻkonchalari mavjud boʻlib, milliy suvinilar, Oʻzbek tilidagi kitoblar, Oʻzbekistondan oziq ovqat mahsulotlari sotish bilan shugʻullanadi.
Uzbekia- butun dunyodagi Oʻzbeklarni bir kichik manzilga birlashtiradi.
Biz sizning duolaringiz bilan rivojlanamiz...
Kompaniya xizmatlari qonuniy asoslarga ega. Kompaniyada barcha harakatlar qonunchilik normalariga asosan tartibga solinadi. Biz moliyaviy piramidalar, qimor va tavakkalchilikga asoslangan saytlar, bukmeykerlik tashkilotlari bilan umuman ishlamaymiz. Tashkilotda ish yuritish to'liq O'zbek tilida olib boriladi.
Bizning manzil ; 100007, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek koʻchasi 59 uy. 1-qavat, 1-ofis.
Moʻljal : Metroning Buyuk Ipak yo'li bekati. Bo'z bozorining orqa tomoni.
Transport: metroning “Chilonzor yoʻli”, Buyuk Ipak Yo'li bekati".