Todoo LLC

Todoo — O‘zbekistondagi Odoo Silver Partner bo‘lib, kompaniyalarga biznes jarayonlarini raqamlashtirish va boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirishda yordam beradi.

Biz Odoo ERP asosida savdo, ishlab chiqarish, ombor, buxgalteriya, CRM, HR va boshqa biznes jarayonlarini yagona tizimga birlashtiradigan loyihalarni amalga oshiramiz.

Bizning ishimiz faqat dastur o‘rnatish bilan cheklanmaydi. Har bir loyihada mijozning mavjud jarayonlarini o‘rganamiz, muammolarni aniqlaymiz, yechimlarni ishlab chiqamiz, Odoo’ni moslashtiramiz va tizimni amaliyotga joriy qilamiz.

Todoo’da turli sohalardagi real bizneslar bilan ishlash, murakkab vazifalarni hal qilish va yangi texnologiyalarni amaliy loyihalarda qo‘llash imkoniyati mavjud.

Jamoamizda Project Manager, Odoo Consultant va Developerlar birgalikda ishlaydi. Biz professional rivojlanish, bilim almashish va ish jarayonida yangi ko‘nikmalarni egallashga katta e’tibor beramiz.

Agar siz texnologiya, biznes jarayonlari va real loyihalar bilan ishlashga qiziqsangiz — Todoo jamoasiga qo‘shiling.

Ташкент
Город
Организация
Тип регистрации